19:46 / 08.10.2020
8478

Belarus IIV Tixanovskayani qidiruvga berdi

Tixanovskaya avvalroq Rossiya IIV tomonidan qidiruvga berilgandi.

Foto: DW

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya ushbu mamlakat hududida davlatlararo qidiruvga berildi. Bu haqda Belarus IIV matbuot kotibi Olga Chemodanova ma'lum qildi.

"Tixanovskayaga nisbatan davlatlararo qidiruv e'lon qilinganini tasdiqlayman. Ammo qanday ish doirasida qidiruvga berilganini Belarus Respublikasi tergov qo‘mitasidan aniqlashingiz mumkin", - dedi u.

 Tixanovskaya avvalroq Rossiya IIV tomonidan qidiruvga berilgandi. Advokat Dmitriy Agranovskiyning aytishicha, bu Ittifoq davlati doirasidagi oddiy jinoyat-huquq amaliyotidir.

Tixanovskaya Belarusda o‘tgan prezident saylovlarida ishtirok etib, 10 foizdan ko‘proq ovoz to‘plagan. Saylovlarda esa amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko g‘olib deb e'lon qilingandi.

Tixanovskaya saylovlar natijalaridan norozi bo‘lib, markaziy saylov komissiyasiga shikoyat arizasi topshirgan. 11 avgustda esa Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus Tixanovskaya Litvada ekanini ma'lum qilgan. Uning ishonchli vakili Olga Kovalkova ta'kidlaganidek, Tixanovskayani Belarusdan rasmiylar olib chiqqan va unda boshqa tanlov bo‘lmagan.

Tixanovskaya tashabbusi bilan muxolifatning muvofiqlashtirish kengashi tashkil etilgani bilan bog‘liq holda Belarusda unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top