19:08 / 08.10.2020
12447

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni rasman 60 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 8 oktabr kuni hozircha 238ta yangi kasallanish holati aniqlangani va jami kasallanish holatlari soni 60 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

Yangi holatlar (+238)
8 oktabr kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning 6 hududida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun namuna olingan fuqarolar orasida 238ta yangi holat aniqlanib, jami holatlar soni 60 ming 26tani tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahrida 180 holat; 
  • Andijon viloyatida 19 holat;
  • Toshkent viloyatida 14 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 10 holat; 
  • Surxondaryo viloyatida 8 holat; 
  • Qoraqalpog‘istonda 7 holat. 

Tuzalganlar (+269)
Bugun ayni paytga qadar respublikaning 7 hududida 269 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 56 ming 837 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 132 nafar, 
  • Toshkent viloyatida 86 nafar, 
  • Andijon viloyatida 17 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 11 nafar, 
  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, 
  • Surxondaryo viloyatida  8 nafar, 
  • Qoraqalpog‘istonda 7 nafar bemor tuzaldi.

Kun davomida 4 bemor o‘limi qayd etilib, rasmiy statistikaga ko‘ra o‘lim holatlari soni 496taga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 2 693 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top