20:00 / 08.10.2020
1070
Pandemiya davrida ARIA sug‘urta startapi qay tarzda tashkil etildi

Pandemiya iqtisodiyotga kuchli zarba berdi, tadbirkorlikning ma'lum bir qismi virus oqibatlariga dosh bera olmadi. Retsessiya davrida yangi sug‘urta kompaniyasini tashkil etish qanchalar to‘g‘ri qaror. Ushbu murakkab yo‘lda qanday qiyinchiliklarga duch kelish va nimalarga erishish mumkin?

G‘oyaning tug‘ilishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2019 yilda O‘zbekiston sug‘urta bozorini jadal rivojlantirish lozimligiga alohida e'tibor qaratgan edilar. O‘sha paytda ushbu sohani rivojlanishiga hissa qo‘shish fikri tug‘ildi. Bir qarashda bozorda 36 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Lekin 2019 yilda sug‘urtaning YaIMdagi ulushi 0,45% ni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich AQShda - 8,6%, Buyuk Britaniyada - 13,4%, Germaniyada - 6,5%, Fransiyada - 8,5%, Xitoyda esa - 4,4% ni tashkil etgan.

Mamlakatimizdagi sug‘urta biznesining joriy holatiga javob tariqasida, odamlarning sug‘urtaga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirishni o‘ziga maqsad qilib olgan yangi «ARIA SUG‘URTA TASHKILOTI» sug‘urta bozoriga kirib kelmoqda.

Kompaniyaning ro‘yxatdan o‘tkazilishi

2019 yil noyabr oyida Aria kompaniyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Birinchi navbatda kompaniya sug‘urta faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini olish bo‘yicha malaka talablariga munosib xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qildi. Keyingi 4 oy esa milliy va xorijiy sug‘urta bozorini chuqur o‘rganishga, belgilangan hujjatlarni tayyorlashga sarflandi. Shu bilan sug‘urtani jamiyatga taqdim etishni boshlamoqchi bo‘lib turganda...

Karantin o‘z qoidalarini yurita boshladi

Karantin boshlandi. Butun karantin davomida kompaniyada ish jarayonlari masofadan amalga oshirildi, xodimlar holidan doimiy xabardor bo‘lib turildi. Karantin paytida biznesni tashkil etishga ruhlantiruvchi omil bo‘lib, Fortune 500 ro‘yxatidagi kompaniyalarning yarmidan ko‘pi ya'ni Instagram, General Electric, GM, IBM, HP, Burger King, Hyatt, Microsoft, Google, Uber kabi yirik kompaniyalar fond bozorining nobarqaror paytida yoki inqiroz davrida bozorga kirib kelganligi, va yuksak natijalarga erishgani bo‘ldi (manba: Kauffman Foundation study). Ular erishgan yutuqlarga ARIA ham erishishiga ishonchimiz komil.

Lisenziya qo‘lga kiritilishidan avvalgi natijalar

Pandemiya ishbilarmonlarni kutilmagan vaziyatlarga moslashishga, egiluvchan bo‘lishga o‘rgatdi. Aria o‘z-o‘zini yakkalash va sug‘urta faoliyati litsenziyasi mavjud bo‘lmagan davrida biznesga munosib yondashishga o‘rgandi, harakatlar dasturini ishlab chiqdi va sug‘urta agenti sifatida ishlay boshladi. Yarim yil ichida Aria, 200 dan ziyod jismoniy va yuridik shaxslarni umumiy hisobda 1,17 trln so‘m sug‘urta puliga sug‘urta qildi.

Muhim yangilik

Mukammallik uchun uzoq kutilgan litsenziya kerak edi. 2020 yil oktabr oyining 2 sanasida maqsadga erishildi, Aria kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish Agentligi tomonidan berilgan cug‘urta faoliyatini amalga oshirishga ruhsat beruvchi seriyasi SF 00001-sonli Lisenziyani qo‘lga kiritdi. Ushbu sanadan yurtimiz sug‘urta bozorida 37 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat yurita boshladi.

Kompaniya to‘g‘risida qisqacha ma'lumot

«Aria» kompaniyasi – 80% xodimi 30 yoshdan kichik bo‘lgan ulkan jamoadir. Kompaniya ommabop sug‘urta xizmatlarini taqdim etib, mijozlarning xotirjam bo‘lishini ta'minlashda o‘zining munosib g‘oyalari bilan xizmat ko‘rsatishni maqsad qilib olgan. Kompaniya rejalari haqida to‘xtalar ekan, xalqimizda tezkor, texnologik va har bir shaxsga alohida yondashuvchi mobil yordamchi bo‘lib xizmat qilishini ta'kidladi.

Hammasi insonlar uchun

Biznesni onlayn tarzda yuritmaslik uni kutilgan natijalarga erisha olmasligiga olib kelishi mumkinligini bugungi kundagi pandemiya holati yaqqol isbotlab berdi. Odatiy sug‘urta xizmatlari ham raqamli texnologiyalarga o‘tishni taqozo etmoqda.

«Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da ilm-ma'rifat va texnologiyalarga alohida ahamiyat qaratgan holda Aria kompaniyasi mijozlarni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash, ularning savollariga tezkorlik bilan javob berish orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlarni qulayligini oshirish uchun zamonaviy algoritmlardan shakllangan, hamma uchun tushunarli texnologik ilova orqali o‘z xizmatlarini ko‘rsatishni maqsad qilib olgan.

Kompaniyaning eng oliy maqsadi esa O‘zbekiston xalqiga sug‘urtaning qay darajada foydali va muhim ekanligini yetkazish, bu shunchaki vaqt va mablag‘larni zoye ketkazish emas, balki qimmatli imkoniyatlar eshigi ekanligini ko‘rsatishdir.

Aria nafaqat sug‘urta bozori uchun, balki O‘zbekistondagi ko‘plab biznes soha vakillari uchun ham qiziqarli loyiha bo‘lishga tayyor. Sug‘urtalangan bo‘lish qanday ekanligini Aria'ning o‘zidan eshiting!

Instagram: @ariauzb

Telegram: t.me/ariauzb

Facebook: fb.com/ariauzb

Yagona axborot markazi: +998 71 202 8888

Rasmiy veb-sayt: ariainsurance.uz

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Temur Malik ko‘chasi, 3a uy.

Reklama huquqi asosida

Top