20:40 / 08.10.2020
11340
Toshkent markazidagi savdo majmuasida mavjud davlat ulushi 139 million so‘mga sotildi
Foto: e-auksion.uz

SPI&OWT mas'uliyati cheklangan jamiyatidagi 4 foiz davlat ulushi elektron onlayn-auksion orqali 139 million 112 ming 736 so‘mga sotildi. Ushbu xaridga qadar, narx qariyb 20 baravar tushirildi.

Toshkent shahri markazi, xalq orasida «Broadway» nomi bilan mashhur Yunusobod tumani Zarafshon ko‘chasi 17 manzilda joylashgan savdo majmuasi ikki nafar jismoniy shaxs, Sovplastil MChJ hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga tegishli bo‘lgan.

Mulkdagi davlat ulushini sotib olgan Premium Globe Investment MChJ endilikda SPI&OWT MChJning 4 foiz ulushiga egalik qiluvchi investor sifatida jamiyat ustaviga kiritiladi.

Spot.uz nashrining yozishicha, 2019 yil kuz mavsumida auksionga chiqarilgan mazkur lotga belgilangan narx 2,6 milliard so‘mni tashkil etgandi. Joriy yil 7 sentyabrda esa uning qiymati 132,4 million so‘mga, ya'ni 19,6 baravar kamaytirilgan.

Ma'lumot uchun, SPI&OWT MChJ ustav kapitali 6,3 million dollarni tashkil etadi.

Top