18:41 / 08.10.2020
3658

Tramp virtual debatda qatnashishdan bosh tortdi

AQSh prezidenti Donald Tramp onlayn shakldagi debatda ishtirok etmasligini ma'lum qildi.

Foto: AP

"Men bunda qatnashmayman va vaqtimni sarflamoqchi emasman", - dedi Tramp Fox Business telekanaliga bergan intervyusida.

 Avvalroq Associated Press agentligi 15 oktabr kuni Tramp va Jo Bayden o‘rtasidagi ikkinchi saylovoldi debati virtual shaklda o‘tkazilishi haqida xabar bergandi.

Qayd etilishicha, Trampda koronavirus aniqlangani sababli prezident debatlari bo‘yicha komissiya ana shunday qarorga kelgan.

 Tramp 2 oktyabrda o‘zi va rafiqasida koronavirus aniqlanganini ma'lum qilgandi. U uch kunni shifoxonada o‘tkazgach, Oq uyga qaytdi.

 7 oktyabrda Trampning shifokori prezident o‘zini yaxshi his qilayotgani, uning qonida koronavirusga qarshi antitanalar topilganini ma'lum qildi.

Mavzuga oid
Top