Shimoliy Qozog‘iston hududlaridan nisbatan sovuq havo O‘zbekiston hududiga kirib kelmoqda.
Bugundan respublika hududiga yana sovuq havo kirib kela boshladi, kunning birinchi yarmida hududlarning ayrim qismida havo harorati kechagidan 4-6 darajaga past bo‘ldi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, xuddi shunday sovuq havo, ertaga respublika hududida ham davom etadi. Kechasi harorat 3-6 daraja, shimolda 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi va kunduzi 13-17 darajadan yuqori bo‘lmaydi, bu 5-7 darajaga me'yordan past.
O‘zbekistonning katta qismida bugun va ertaga quruq havo saqlanib qoladi. Faqat respublikaning Janubi-Sharqiy hududlariga Turkmaniston hududlaridan nam bulut massalari kirib keladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlari hamda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, dengiz sathidan 2000 m baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
Bugun respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining ko‘p qismida kam bulutli va quruq ob-havo kutilmoqda. Kechasi havo harorati 3-6 daraja iliq, shimolda 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi esa havo 18-20 darajagacha isiydi.