11:14 / 09.10.2020
16219
Shahlo Turdiqulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi 
Shahlo Turdiqulova

Prezident qarori bilan Shahlo Turdiqulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.

Sh.Turdiqulova shu vaqtga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Shahlo Turdiqulova 1973 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. 

U biologiya fanlari doktori, professor. “Do‘stlik” ordeni sohibasi. 

Sh. Turdiqulovaning ilmiy faoliyati davomida 160dan ortiq ilmiy ishlari, jumladan 2ta o‘quv darslik va 2 monografiyasi chop etilgan. Xalqaro ilmiy matbuotda 40dan ortiq maqolalari e'lon qilingan. 

Top