12:10 / 09.10.2020
18150
Moliya institutiga yangi rektor tayinlandi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan To‘lqin Teshaboyev Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlangan. Bu haqda TATU axborot xizmati xabar berdi.  

Joriy yilning iyun oyi oxirlarida Toshkent Moliya instituti rektori Ulug‘bek Azizov boshqa ishga o‘tkazilgandi. Uning o‘rniga shu vaqtgacha prorektor lavozimida ishlab kelgan Sultonali Mehmonov institut rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

To‘lqin Teshaboyev Toshkent elektrotexnika aloqa instituti birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha prorektori, O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi bo‘lib ishlagan.

2012-2014 yillarda u Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, 2014-2016 yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rais o‘rinbosari bo‘lgan. 2016 yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori sifatida ishlab kelayotgandi

Avvalroq, Sarvar Boboxo‘jayev Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimiga tayinlangani xabar berilgandi

Top