22:07 / 09.10.2020
8539

Trampni davolashda foydalanilgan dori uch singapurlikning qoni asosida ishlab chiqilgan - OAV

AQSh prezidenti Donald Trampni koronavirusdan davolashda qo‘llangan dori vositasi uch singapurlikning qoni namunasi asosida ishlab chiqilgan. Bu haqda Straits Times nashri xabar berdi.  

Foto: AP Photo / Alex Brandon

Ma'lumotlarga ko‘ra, Singapurning yuqumli kasalliklar milliy markaziga (NCID) AQShning Regeneron kompaniyasidan hamkorlik haqida murojaat tushgan. Dastlab kompaniya NCID’dan koronavirusdan sog‘ayib ketgan 20 kishini tanlab olishni iltimos qilgan. Markaz 5 kishini tanlagan va AQSh kompaniyasi ulardan olingan qon namunalari antitanaga ega vositani ishlab chiqishga yetarliligini ma'lum qilgan.  

Oxir natijada Regeneron Singapurdan olingan beshta namunadan uchtasini antitanalarni olish bo‘yicha tadqiqot uchun asos qilib olgan.

Tramp koronavirusdan shifoxonada 3 kun davolangach, 5 oktyabrda Oq uyga qaytdi. Shifokorlar prezidentda koronavirus belgilari yo‘qligini va uning organizmida virusga qarshi antinanalar aniqlanganini ma'lum qilishgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top