08:47 / 09.10.2020
6644

Xiyobonlar va istirohat bog‘larini saqlab qolish to‘g‘risida qonun ishlab chiqish taklif etildi 

Xiyobonlar va istirohat bog‘larini saqlab qolish to‘g‘risida qonun ishlab chiqish taklif etildi. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida joylashtirildi.

Foto: G‘afur G‘ulom bog‘i

O‘zbekiston hududida joylashgan barcha xiyobonlar, istirohat va madaniyat bog‘larini hamda ularning hududlarida joylashgan daraxtlar va o‘simlik olamini saqlab qolish maqsadida Oliy Majlis tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xiyobonlar, istirohat va madaniyat bog‘larini saqlab qolish to‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqish lozimligi qayd etilgan.

“Ushbu qonunda quyidagilarni nazarda tutish kerak: 

birinchidan, davlatga qarashli xiyobon, istirohat va madaniyat bog‘larining xususiylashtirilishiga yoki yopilishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

ikkinchidan, xiyobonlar, istirohat va madaniyat bog‘lariga kirish barcha uchun bepul bo‘lishini belgilash; 

uchinchidan, xiyobonlar, istirohat va madaniyat bog‘lari hududidagi inson hayotiga xavf solmayotgan dov-daraxtlar va o‘simliklarning kesilishiga yoki nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

to‘rtinchidan, xiyobonlar, istirohat va madaniyat bog‘lari hududlarida avtomobil qatnovini taqiqlash va boshqa zarur normalar nazarda tutilishi lozim”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Oliy Majlis tomonidan “Xiyobonlar, istirohat va madaniyat bog‘larini saqlab qolish to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish taklif qilingan.

Top