01:10 / 10.10.2020
23018
Bayrutda yana portlash yuz berdi

Bayrutning g‘arbida joylashgan Tariq-al-Jadid mavzesida mazut solingan rezervuar portladi. Buning oqibatida kuchli yong‘in chiqqan.

Foto: Twitter /BeirutCityGuide

Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘in bilan kurash olib bormoqda. Livan armiyasi harbiylari va fuqarolik mudofaasi ko‘ngillilari yaqin oradagi uylardan odamlarni evakuatsiya qilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, shifoxonaga olib borilgan ko‘pchilik jabrlanuvchilar is gazidan zaharlangan.

Voqeaning sababi va tafsilotlari o‘rnatilmoqda.

Ta'kidlanishicha, sentyabrda Bayrutda kamida uchta yong‘in yuz bergan. Ulardan ikkitasi 4 avgustda kuchli portlash yuz bergan port hududida chiqqan. Avgustda bo‘lgan kuchli portlash shahar aholisi uchun haqiqiy fojiaga aylangandi. O‘shanda portlash zarbasi oqibatida minglab uylarga shikast yetgan, 193 kishi halok bo‘lgan, 6,5 ming kishi jarohat olgan, 300 mingdan ko‘proq odam boshpanasiz qolgan.   

Top