08:32 / 10.10.2020
14790

Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosarlaridan biri o‘zgardi 

Navoiy viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘zgardi. 

Bekzod Bobomurodov

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, 2015 yildan buyon mazkur lavozimda ishlab kelgan Komiljon Rasulovning boshqa ishga o‘tganligi sababli, “Qishloq qurilish invest” MChJ injiniring kompaniyasi Navoiy viloyat filiali direktori Bekzod Bobomurodov hokim o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bekzod Bobomurodov 1983 yil Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Tojikiston Respublikasi Xo‘jand davlat universiteti hamda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

B. Bobomurodov mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Navoiy viloyati hududiy birlashmasi raisi, Navoiy viloyati qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi direktori kabi mas'ul lavozimlarda ishlagan.                                

Top