21:39 / 10.10.2020
13129

Shimoliy Koreya yangi ballistik raketasini namoyish etdi

KXDRda qit'alararo ballistik raketalar qatnashgan parad 2018 yildan buyon birinchi marta o‘tkazildi.

Foto: Rodong Sinmun

Mehnat partiyasining 75 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan paradda Shimoliy Koreya yangi qit'alararo ballistik raketasini namoyish etdi, deb xabar berdi Reuters Shimoliy Koreya televideniyesiga tayanib.

Agentlikning yozishicha, raketani Shimoliy Koreyada  bunday yukni tashish uchun mo‘ljallangan eng katta yuk transporti olib o‘tgan, uning 22ta g‘ildiragi bo‘lgan.

Paradda bir nechta ballistik raketa olib o‘tilgan. Lavhalardan birida bortida Pukguksong-4 yozuvi bo‘lgan raketa aks etgan. Suvosti kemalari ballistik raketalari turkumi ana shunday nomlanadi.

KXDRda qit'alararo ballistik raketalar qatnashgan parad 2018 yildan buyon birinchi marta o‘tkazildi.

Yonhap agentligining yozishicha, Pxenyan yangi strategik qurollarini namoyish etilishi avvaldan kutilgan, chunki KXDR rahbari Kim Chen In bu haqda o‘zining yangi yil murojaatida aytib o‘tgan.

Janubiy Koreya qo‘shni mamlakat paradda namoyish etgan qurollar o‘rganilayotganini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top