15:02 / 10.10.2020
7266

Yangicha dizayn, katta ekran va 5G: Yangi iPhone haqida nimalar ma'lum?

13 oktabr kuni Apple yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazadi. Kompaniya aynan nimalarni namoyish etishiga aniqlik kiritmagan, lekin bozor tahlilchilari yangi iPhone kutishmoqda.

Foto: Alex Tai / SOPA Images / LightRocket via Getty Images

Yangi displey

Insayderlarning ma'lumot berishicha, 13 oktyabrda kompaniya tarixidagi eng katta displeyga ega iPhone taqdim etiladi. Xususan, 9to5Mac nashri tahlilchi Min-Chi Kuoga tayanib taqdimotda diagonali 6,7 dyuymli OLED-displeyga ega smartfon namoyish etilishini yozmoqda. Yangi iPhone ekrani 6,5 dyuymdan katta bo‘lishi haqida Bloomberg ham yozgandi.

 Yangi sensor

Yangi Apple smartfonining Pro-versiyasi LiDAR skaneri bilan jihozlanadi, deb yozadi Bloomberg. Bu sensor to‘ldirilgan voqelik ilovalari (AR-ilova) ishlashini yaxshilaydi.  

Uchta kamera

Bloomberg manbalari va Min-Chi Kuoning ma'lumot berishicha, iPhone 12 Pro va 12 Pro Max uchta kameraga ega bo‘ladi. Arzonroq modellar esa ikkita kamera bilan jihozlanadi. 

Yangicha dizayn

Bloomberg jurnalisti Mark Gurmanning yozishicha, Apple smartfonlari 2017 yildan buyon ilk bor mutlaqo yangicha dizaynda chiqadi. Uning ma'lumotiga ko‘ra, dizaynerlar korpus chetlarining yassi bo‘lishidan qochishgan. Shuningdek, iPhone 12 korpusi alyuminiydan tayyorlanadi, qimmatroq Pro modellariniki esa zanglamaydigan po‘latdan ishlanadi.

Mavzuga oid
Top