13:23 / 11.10.2020
7667
Reklama

Alfraganus: ochiq osmon ostidagi savdo majmuasini yangi konsepsiyasi

Savdo uchun mo‘ljallangan 1 hamda 2 qavatli ixcham binolarga ega keng ko‘lamli tijorat maydonlari yoki butun boshli mavzelar formati uzoq vaqtdan beri dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida muvaffaqiyatli maskan ekanini isbotlagan.

Bizning Uylar kompaniyasi Alfraganus savdo-dam olish markazi uchun aynan shunday formatni tanladi. Uning shaklini sharq bozori – Buyuk Ipak yo‘li davridan buyon shakllangan uchrashuvlar, suhbat va madaniy-iqtisodiy hayot qaynaydigan ijtimoiy makonga o‘xshatish mumkin.

Loyiha konsepsiyasi nafaqat ajdodlarimizning buyuk tarixi va merosiga murojaat qilish yoki asl me'moriy yechimlarni izlashga, balki ichki ko‘chmas mulk bozori va boshqa mamlakatlar tajribasini tatbiq etishga asoslangan edi.

Loyiha dunyoning yetakchi ko‘chmas mulk kompaniyasi Knight Frank sherikligida amalga oshiriladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, obektga haftasiga 200 mingdan ko‘p, oyiga 800 ming va yiliga 10 milliondan ziyod odam tashrif buyuradi.

Alfraganus loyihasining muvaffaqiyati savdo va ko‘ngilochar joylarini puxta loyihalash bilan bog‘liq. Standart savdo markazlari avvaldan ish yuzasidan yig‘ilish va uchrashuvlar, oilaviy yig‘ilishlarni o‘tkazish, bolalar va o‘smirlar uchun tadbirlar tashkil qilishning odatiy joyiga aylangan.

Dam olish va hordiq chiqarish uchun Alfraganus loyihasi keng, o‘zgacha makonda tashkil qilinadi. 118.000 kvadrat metr maydonda katta savdo nuqtalari, turkum do‘konlar, kafedan tortib nomdor restorangacha bo‘lgan umumiy ovqatlanish joylari va ko‘ngilochar-dam olish maskanlari joylashadi.

Bundan tashqari keng hududda omma uchun umumiy joylar maksimal darajada o‘ylangan. Loyiha minglab metr sayr yo‘laklarini o‘z ichiga oladi. Savdo maskani tom ma'noda poytaxt sayyohlik makoniga aylanishini inobatga olgan holda, ochiq osmon ostidagi majmua hududiga ko‘p yillik daraxt va o‘simliklar ekiladi. Jamoat va sayr joylariga o‘rindiqlar, sun'iy ko‘llar hamda art-obektlar o‘rnatiladi. Ekstremal sport muxlislari uchun skeytpark, qoyalarga ko‘tariladigan devor va velosiped yo‘laklari quriladi.

Aksariyat salohiyatli mijozlar global pandemiya sharoitida biror maskanga tashrif buyurishda keng makon, masofani saqlash va joylarni ochiq havoda joylashganligi kabi omillarni hisobga olishadi. Bu yerda ko‘p qavatli binolar, liftlar va yopiq maskanlar bo‘lmaydi. Alfraganus sizni savdo mavzesining betakror manzarali yo‘laklar bo‘ylab ajoyib sayrlar, xaridlar, sevimli restoraningizdagi tushlik, ko‘ngil ochish makoni – yangi dunyodan bahra olishga taklif etadi.

Loyiha haqida batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlaridan olishingiz mumkin: 71 210 44 44

Sayt: www.bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top