08:58 / 11.10.2020
8780
Dunyoda 3 kun davomida kunlik kasallanish holatlari bo‘yicha antirekord qayd qilinmoqda

JSST so‘nggi sutkada dunyoda koronavirusdan kasallanish holatlari 383 ming 359tani tashkil qilganini ma'lum qildi. Oxirgi uch kun ichida kunlik kasallanish holatlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar qayd qilinmoqda.

Shuningdek, so‘nggi sutkada dunyoda infeksiyadan 8575 kishi vafot etgan. 

Avvalgi antirekord 10 oktyabrda qayd qilingan va 350 mingdan ko‘proq kishida koronavirus aniqlangan.  

So‘nggi sutkada eng ko‘p kasallanish holatlari Hindiston (73,2 ming), AQSh (54,2 ming) va Meksikada (30,4 ming) qayd qilingan.

Bu orada Jon Hopkins universitetining ma'lum qilishicha, dunyoda koronavirusga chalinganlar umumiy soni 37 mlndan oshib ketdi, undan vafot etganlar soni 1,07 mlndan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Kasallanish holatlari bo‘yicha AQSh (7,7 mln), Hindiston (6,9 mln) va Braziliya (5 mln) yetakchilik qilmoqda.

Avvalroq JSST vakili Maykl Rayan aslida dunyoda koronavirusga chalinganlar soni rasmiy ko‘rsatkichlardan 20 marta ko‘proq bo‘lishi va dunyo aholisining 10 foizini tashkil qilayotgan bo‘lishi mumkinligini aytgandi. Sayyoramiz aholisi taxminan 7,8 mlrd kishini tashkil qilishi hisobga olinsa, gap 780 mln kishining kasallangani haqida bormoqda. 

Top