12:31 / 11.10.2020
15397

Kit va delfinlar yo‘qolib ketish xavfi ostida qolmoqda

Dunyoning 40ta turli mamlakatidan bo‘lgan 350 nafardan ortiq olim va tabiat himoyachilari kit va delfinlar yashovchi suv havzalariga iqlim o‘zgarishlari va inson faoliyati tahdid solayotgani sababli ularni asrashga chaqiruvchi ochiq xatga imzo chekishdi.

Shimol silliq kiti ko‘payishi keskin sekinlashgan / PA MEDIA

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu turdagi sut emizuvchilar yaqin o‘n yillikda yo‘qolib ketishi mumkin.

Sabab - dengiz va okeanlarning inson faoliyati natijasida ifloslanishi.

«Biz umid qilamizki, kitlarni himoya qilishga qaratilgan ushbu chaqiriq barchani - boshqaruvchilar, olimlar, siyosatchilar va jamiyatni ogohlikka chorlaydi va okeanlarimiz asrab qolinadi», deydi Bristol universiteti vakili Mark Simmonds.

Ochiq xatga butun dunyodagi tadqiqotchilar imzo chekishgan.

«Kitlarni qutqarish»

Delfin JAR qirg‘oqlari yaqinida sardinalarni ov qilmoqda / GETTY IMAGES

«Kitlarni qutqarish» shiori o‘tgan asrning yetmishinchi va saksoninchi yillarida kit ovlovchilarga qarshi kurash kampaniyasi doirasida mashhur bo‘lgan.

O‘shandan beri kitlar populyatsiyasi bir muncha tiklangan, ammo hozirga kelib yangi tahdid paydo bo‘ldi, aniq qilib aytganda: okeanlar ifloslanishi (plastik chiqindilar tufayli), odatiy suv havzalari yo‘qolishi, iqlim o‘zgarishlari, shuningdek savdo kemalari bilan to‘qnashuvlar.

Baliq ovlash sanoati eng katta tahdidga aylandi - har yili traullar to‘riga 300 minggacha delfin va kitlar tushib qoladi, natijada ular nafas ololmay, sekin-asta nobud bo‘ladi. 

Ulardan ba'zilari omon qolsa-da, jag‘ sinishi va butun tana bo‘ylab olingan jarohatlar natijasida butunlay nogiron bo‘lib qoladi.

Shimol silliq kiti (eubalaena glaciali) alohida tahdid ostida - ulardan atigi bir necha yuztasi qolgan. 

Maktub mualliflari ushbu hayvonlar sonining keskin kamayib ketishining oldini olish mumkinligini ta'kidlashgan, ammo ushbu sut emizuvchilarni himoya qilish bo‘yicha zarur choralar siyosatchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. 

Olimlar ochiq xat dengiz sut emizuvchilarni qutqarish uchun kurashda yordam beradi deb umid qilishmoqda.

Top