10:00 / 11.10.2020
5988
“Mening bolam ham yashashini istayman” – Hindistonda kamyob xastalik bilan kurashayotgan Ibrohimga ko‘mak zarur

Insonga atalgan dardlar behad xilma-xil. Ana shulardan biriga 9 yoshli Ibrohim Sodiqboyev chalingan va u hozir Hindistonda murakkab operatsiyani boshdan kechirdi.

– Kun.uz saytiga xayriya so‘rab juda ko‘pchilik murojaat qiladi. Ammo biz o‘g‘limiz Ibrohimning operatsiyasi uchun boshqa guruhlar va saxiy tanishlarimiz orqali mablag‘ to‘plagandik. Lekin Hindistondagi davolanishimiz cho‘zilib ketdi, rejadagidan bir oydan ortiqroq qolib ketadigan bo‘lyapmiz va bor pulimizni sarflab, qarzga ham kirib ketdik hamda bu sayt mushtariylaridan ko‘mak so‘rashga majbur bo‘ldik, – deydi toshkentlik Ibrohimning onasi Feruza G‘aniyeva.

– O‘g‘limga “Torsion distoniya” tashxisi qo‘yilgan va bu kamyob genetik kasallik har 100 ming kishida 3-4 ta uchrarkan. Taqdirning sinovi bilan shu dard mening o‘g‘limga yopishgan. Hozir hind shifokorlari qo‘llaridan kelganicha davolashyapti, umid bildirashyapti. Ammo pulsizlikda bu davolanishlar, o‘zga yurtda yashash, yeb-ichish juda qiyin kechadi.

Operatsiya uchun to‘plab kelgan 35 ming dollarni sarflab bo‘ldik. Oldinda yana 30-40 kunlik qo‘shimcha muolajalarni o‘ylasam qo‘rqib ketaman. O‘g‘lim endi oyoqqa turayotganida davolanishni to‘xtatib qo‘yishni tasavvur qila olmayman. Men ham bolamning yashashini, sog‘ayib ketishini istayman, – deydi yig‘lab onaizor.

Ibrohim Sodiqboyevga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0602 7771 4383 (Xalq banki, onasi Feruza G‘aniyeva nomida)

Humo: 9860 0101 0284 0930 (Ipotekabank, xolasi Avazova Nargiza nomida)

Sberbank: 4817 7603 3870 0812 (tanishi O‘rol Abduazizov nomida)

Visa card: 4023 0601 4746 5545 (Ipak Yo‘li Bank, onasi Feruza G‘aniyeva nomida)

Telefon: +998935350435 (xolasi Gulnoza Ahmedova)

Saxovatpesha vatandoshlar! Bir hamyurtimiz xorijda farzandi dardida muztar bo‘lib turibdi. Ibrohim sog‘ayib qaytishi uchun duolaringizni ayamang. Kimdadir moddiy yordam ko‘rsatish imkoni bo‘lsa, savobning ulug‘ini zaxira qiladi.

Abror Zohidov.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top