11:15 / 11.10.2020
3713
Tailandda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Tailand shimolidagi temir yo‘l kesishmasida poyezdning avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 30dan ko‘proq kishi jarohat oldi.

Ichida 60ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan avtobus Samutprakan provinsiyasidan Chachoyengsaodagi ibodatxonalardan biriga yo‘nalayotgan bo‘lgan. Voqea mahalliy vaqt bilan soat 8da shlagbaumsiz temir yo‘l kesishmasida yuz bergan.  

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi semaforning poyezd yaqinlashayotgani haqidagi ogohlantiruvchi belgisiga qaramay, kesishmadan o‘tib ketishga uringan. Poyezd mashinisti favqulodda tormozlashni qo‘llashiga qaramay, poyezd avtobusning old qismiga kelib urilgan. 

Ma'lum qilinishicha, avtobusda Samutprakandagi fabrikalardan birining ishchilari bo‘lgan. Politsiya voqeani tergov qilishni boshlagan.

Top