15:57 / 12.10.2020
2050
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti kimoshdi savdosi nazariyasini takomillashtirgan amerikalik iqtisodchilarga berildi
Foto: platforma.com

Stokholmda iqtisodiyot sohasidagi mukofot egalarining nomi e'lon qilindi. Mukofot amerikaliklar Pol Milgrom va Robert Uilsonlarga kimoshdi savdosi nazariyasini takomillashtirgani va yangi auksion shakllarini ixtiro qilganligi uchun berildi.

Shvetsiya banki tomonidan ta'sis etilgan iqtisodiyot bo‘yicha Alfred Nobel mukofoti g‘oliblarini e'lon qilish Nobel haftaligini yopib berdi.

2020 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlar: Jahon oziq-ovqat dasturi (Tinchlik mukofoti), shoir Luiza Glyuk (adabiyot bo‘yicha mukofot), Jyennifer Dudna va Emmanuel Sharpente (kimyo bo‘yicha mukofot), Harvi Olter, Maykl Hauton va Charlz Rays (tibbiyot bo‘yicha mukofot), Rojyer Penrouz, Andrea Gez va Raynhard Genzel (fizika bo‘yicha mukofot). 

Nobel mukofotlari laureatlarga 10 dekabr kuni, Alfred Nobelning tug‘ilgan kunida topshiriladi va maxsus ziyofat o‘tkaziladi (Tinchlik bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritganlardan tashqari barcha laureatlar uchun Stokholmda, Tinchlik mukofoti sovrindorlari uchun Osloda). 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli ziyofat o‘tkazilmaydi, mukofotni topshirish marosimi esa onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Top