11:34 / 12.10.2020
31117

MIB direktori Xorazm viloyati prokurori etib tayinlandi

Xorazm viloyati hokimligida O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, viloyat hokimi Farhod Ermanov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Botir Qudratxo‘jayev Xorazm viloyati prokurori etib tayinlandi.

Botir Qudratxo‘jayev bungacha Toshkent shahri prokurori bo‘lgan (2016−2017), undan avvalroq Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi, viloyat prokurori bo‘lib ishlagan (2014−2016). 

U 2017 yil iyunidan hozirga qadar O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.  

Bundan oldin, 2018 yil fevralidan hozirga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Jahongir Hotamov Namanganga prokuror etib tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top