21:36 / 12.10.2020
14142
O‘rtoqlik o‘yini. Sergeyevning dubli O‘zbekistonga BAA milliy jamoasi ustidan g‘alaba keltirdi

O‘zbekiston milliy jamoasi Dubayda o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Birlashgan Arab Amirliklari milliy jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Foto: O‘FA

Safardagi o‘yinga yetakchi futbolchimiz Eldor Shomurodov bora olmagani sababli bosh murabbiy Vadim Abramov hujum chizig‘ida dastlabki daqiqalardan Igor Sergeyevga ishonch bildirdi. O‘z navbatida «Paxtakor» forvardi ishonchni oqlab 48-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 87-daqiqada jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarbasi bilan farqni ikkitaga oshirdi – 0:2.

O‘yinning 90+1-daqiqasiga kelib mezbonlar hujumchisi Sebastyan Talyabue 11 metrlik jarima zarbasidan farqni bittaga qisqartirdi – 1:2. Yakunda O‘zbekiston milliy jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida BAAni mag‘lub etib, Toshkentga g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi.

12 oktabr (dushanba)
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi.
BAA – O‘zbekiston - 1:2

Bosh hakam: Ali Abdulnabi (Bahrayn)
Dubay. «Al Rashid» stadioni.
Gollar: Sebastyan Talyabue 90+1 pen. - Igor Sergeyev 48, 87
BAA: Xolid Issa, Faris Juma (Ismoil Ahmad, 75), Muhammad Marzuq, Abdulaziz Haykal, Yusuf Jobir (Salim Rashid, 59), Hamis Ismoil, Ahmad Barman (Muhammad Al Attos, 58), Ibrohim Xalil (Xolid Bavazir, 25), Xalfan Muborak (G‘arib Abdulloh, 67), Sebastyan Talyabue, Fabio de Lima (Hamdam, 81)
O‘zbekiston: Abduvohid Ne'matov, Islomjon Qobilov, Igor Golban, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Murod Xolmuhammedov (Farrux Sayfiyev, 73), Odil Hamrobekov, Azizjon G‘aniyev, Otabek Shukurov (Akmal Mozgovoy, 90), Azizbek Turg‘unboyev (Dostonbek Hamdamov, 53), Hojimat Erkinov (Jaloliddin Masharipov, 61), Igor Sergeyev (Shahzodbek Ubaydullayev, 88).

Top