12:10 / 12.10.2020
16536
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi o‘sishda davom etdi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 13 oktabr kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 24,80 so‘mga ko‘tarilib, bir dollar 10364,48 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 144,09 so‘mga ko‘tarilib, 12254,96 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 2,76 so‘mga oshgan va 1 rubl 135,03 so‘mni tashkil etgan.

Top