22:07 / 13.10.2020
1976
Bir guruh turizm sohasi vakillari ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Bugun, 13 oktabr kuni "Hilton" mehmonxonasida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun soha vakillariga "Turizm fidoyisi" nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Tadbirda bosh vazir o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov nutq so‘zladi.

“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni respublika fuqarolari va xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizga yurtimizning boy tarixi va madaniyatini butun dunyoga namoyish etishga chorlov bo‘lib xizmat qiladi, degan umiddaman. Ko‘krak nishonining qadri yuksak bo‘lishi kerak, shu bois juda ko‘plab kishilar orasidan eng munosiblari tanlab olindi”, - dedi Abduhakimov.

Ko‘krak nishoni sohiblariga bir martalik pul mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida beriladi.

Eslatib o‘tamiz, turizm sohasida erishilgan yutuqlarni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi qarori bilan “Turizm fidoyisi” turizm sohasi vakillarini mukofotlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Top