16:18 / 13.10.2020
2393
Germaniyalik rassom uzunligi 192 metrli asari bilan rekord o‘rnatmoqchi

Birlashgan dunyo kartinasi har biri 100ga 70 santimetr bo‘lgan 192ta qismdan iborat – ularning soni loyiha boshlangan vaqtda BMTga a'zo bo‘lgan davlatlar soniga teng. U asarini 2001 yilda boshlagan.

Foto: DW

Germaniyaning Loyna shahrida yashovchi 64 yoshli havaskor rassom Peter Gere o‘zining aytishi bo‘yicha moybo‘yoqda chizilgan dunyodagi eng uzun kartinasi ustidagi ishlarini yakuniga yetkazdi. Asar "The World Union Vision" deb ataladi.

Dpa agentligining xabar berishicha, u shu haftada Argentinaga bag‘ishlangan qismni yakunlab, imzosini qo‘ygan.  

 Birlashgan dunyo kartinasi har biri 100ga 70 santimetr bo‘lgan 192ta qismdan iborat – ularning soni loyiha boshlangan vaqtda BMTga a'zo bo‘lgan davlatlar soniga teng. U asarini 2001 yilda boshlagan. Har bir mamlakatning suratini tanishlari va yaqinlarining turli mamlakatlarda tushgan fotosuratlari asosida chizgan.

 Peter Gere kimyo sanoatida ishlaydi. U BMTga a'zo davlatlar portretlari aks etgan mazkur asarini dunyodagi ushbu yo‘nalishda chizilgan eng uzun kartina deb atamoqda. Yaqin kunlarda u Ginnessning rekordlar kitobiga kirish uchun ariza bermoqchi.

Top