00:49 / 13.10.2020
9212
JSST koronavirusga qarshi vaksinalar bo‘yicha o‘z xulosasini qachon berishi ma'lum qilindi
Foto: Sputnik / Ilya Pitalev

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinalar bo‘yicha o‘z xulosasini 2021 yil yarmidan keyin bera boshlaydi. Bu haqda JSSTning bosh ilmiy xodimi Sumya Svaminatan ma'lum qildi. 

“Biz vaksinalarning ishlab chiqilishi ortidan kuzatmoqdamiz va ko‘plab davlatlarda klinik sinovlardagi muayyan ilgarilashni ko‘rmoqdamiz. Ayni vaqtda dunyoda 40 ta vaksina klinik sinovlarning turli bosqichlaridan o‘tkazilmoqda. Jumladan, vaksinalardan 10 tasi ularning samaradorligi va xavfsizligi borasida yakuniy javoblarni beruvchi uchinchi, yakuniy bosqichdan o‘tmoqda”, deb ma'lum qilgan JSST mutaxassisi.

Svaminatanning ta'kidlashicha, 2020 yilning oxiri – 2021 yilning boshida JSSTga vaksinalar haqida ma'lumotlar kelib tusha boshlaydi. “Biz vaksina ishlab chiquvchilardan bizda zarur ma'lumot bo‘lishi uchun vaksina bilan bog‘liq barcha ma'lumotlarni taqdim qilishlarini so‘rab qolamiz”, deb qo‘shimcha qilgan mutaxassis.

Uning ta'kidlashicha, ushbu ma'lumotlarni o‘rganish uchun yarim yil talab etilishi mumkin. Shundan keyingina JSST “u yoki bu vaksinaning favqulodda vaziyatlarda yoki doimiy ravishda qo‘llanishi bo‘yicha o‘z xulosalarini berishi mumkin bo‘ladi”. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top