09:03 / 13.10.2020
4868

Koronavirus: dunyoda kasallanganlar soni 38 milliondan oshdi

Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari soni 38 mlndan oshdi. Worldometer portali ma'lumotlariga ko‘ra, virus qurbonlari soni 1,085 mlndan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Kasallanish holatlari soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda kasallanganlar soni pandemiya boshidan beri 8,037 mlndan, o‘lim holatlari esa 220 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Kasallanish holatlari bo‘yicha 2-o‘rinni Hindiston egallamoqda: mamlakatda 7 mlndan ko‘proq kishi virusga chalingan, ulardan 109 ming nafari vafot etgan. 3-o‘rinni 5 mln kasallanish holati va 150 ming o‘lim holati bilan Braziliya egallamoqda.

Koronavirusdan o‘lim darajasi sayyoramizning bir million aholisiga 139,2tani tashkil qilmoqda. AQShda koronavirusdan o‘lim darajasi bir million kishiga 664 tani, Hindistonda 79 tani, Braziliyada esa 708 tani tashkil qilmoqda. 

Top