16:20 / 13.10.2020
3020
Rossiya fuqarolari Artel servis kafolatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar

Ishonch har bir korxona rivojida muhim o‘rin egallaydi.

Iste'molchining ishonchini qozonish uchun, korxona o‘z mahsuloti yuqori sifatga egaligini va chidamliligini isbotlashi shart. Servis kafolati esa korxona o‘z mahsuloti sifatiga aminligining yorqin ko‘rsatkichidir.

Artel kompaniyasida ishlab chiqariluvchi barcha yirik maishiy texnika 3 yillik to‘liq bepul kafolatga ega. Avvallari bu kafolat faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilar edi. Yaqin kunlarda imzolangan Artel va ProfServis o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga ham servis kafolatidan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.

ProfServis korxonasi 1996 yilda tashkil topgan. Kompaniya ehtiyot qismlar yetkazib berish, servis tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish, texnik konsultatsiya kabi sohalarda ish yuritadi. Bugungi kunda ProfServis Rossiyaning barcha yirik shaharlarida 220 dan ortiq servis hamkorlarga ega. Uning mijozlari qatorida Hyundai, Harman, Midea, Philips kabi yirik, dunyoga tanilgan kompaniyalar mavjud.

Ushbu hamkorlik Artel kompaniyasi Rossiya bozorlarida o‘z o‘rnini topib, iste'molchilar orasida hurmatga sazovor bo‘layotganining dalilidir. ProfServis kompaniyasi bilan tuzilgan kelishuv Rossiya aholisiga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • Bepul servis xizmati;
  • Bepul ehtiyot qismlarni almashtirish;
  • Bepul ta'mirlash;
  • Bepul konsultatsiya (maslahat).

Servis kafolatini taqdim etish Rossiya aholisi Artel mahsulotlari yuqori sifatga egaligiga ishonch hosil qilishlari uchun a'lo imkoniyat yaratadi. Bu esa o‘z navbatida milliy brend chet el iste'molchilari hurmatiga sazovor bo‘lishiga va ijobiy nom qozonishiga yo‘l ochib beradi.  

Sahifalarimizga obuna bo‘ling va barcha yangliklardan xabardor bo‘ling.

Artel rasmiy sayti: artelgroup.org/catalog-artel

Facebook rasmiy sahifasi: fb.com/arteluzb

Telefon: +99878 148-88-88

Reklama huquqi asosida

Top