11:37 / 13.10.2020
8495

Sirdaryoda suv toshqinidan zarar ko‘rgan yo‘l va ko‘priklarni tiklash ishlari davom etmoqda

Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga «Sardoba» suv omboridagi texnogen vaziyat oqibatlarini bartaraf etish choralarining tezkor nazorati xususida ma'lumot taqdim etdi.

«Sardoba» suv omborida ro‘y bergan texnogen ofat oqibatida zararlangan yo‘l va ko‘priklarni tiklash va ta'mirlashga jami 390 mlrd 700 mln so‘m mablag‘ ajratilib, 2020 yilda amalga oshiriladigan ishlarga 227 mlrd 700 mln so‘m va 2021 yil uchun esa 81 mlrd so‘m sarflanishi belgilangan.

Mazkur obektlardagi qurilish-ta'mirlash ishlari uchun jami 158 mlrd 100 mln so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.

  • xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha 21 km (yo‘l cheti va atroflarini ta'mirlash) va 17,7 km qismiga 24 ming 520 tonna asfaltobeton yotqizilib, 76 mlrd 500 mln so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan.
  • davlat ahamiyatidagi 4R-31, 4R-18a, 4R-33 va 4R-199 avtomobil yo‘llarining 5,3 km qismida ta'mirlash va tiklash ishlari bajarilib, 4 ming 114 tonna asfaltobeton yotqizilgan va 17 mlrd 400 mln so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan.
  • mahalliy ahamiyatdagi 4K-665 avtomobil yo‘lining 3 km qismida tiklash va ta'mirlash ishlari bajarilib, 718 tonna asfaltobeton yotqizish ishlariga 1 mlrd 900 mln so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.
  • ichki xo‘jalik yo‘llaridan 100,4 kilometrdan 94 km qismida (40,2 km asfaltobeton, 20,1 km sementbeton va 33,7 km qum-shag‘al aralashmasi yotqizish) qurilish ishlari yakunlanib, 42 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.

Shuningdek, 14ta ko‘prikning 10tasida 20,3 mlrd so‘m mablag‘lar hisobidan xalqaro ahamiyatdagi M-39 va A-373 yo‘llaridagi 6ta ko‘prikda 95 foiz, davlat ahamiyatidagi 4R-199 va 4R-31 avtomobil yo‘llaridagi 7ta ko‘prikda 85 foiz, mahalliy ahamiyatdagi 4K-665 yo‘ldagi bitta ko‘prikning 55 foiz qismida ta'mirlash-tiklash ishlari bajarilgan.

Ko‘prikning avvalgi holati
Ko‘prikning hozirgi holati

Qishloq xo‘jaligi yerlariga yetkazilgan talafotni bartaraf etish yo‘nalishida ham ishlar davom etmoqda.

Toshqin oqibatida 3ta tumandagi 19 ming 356 gektar yer maydonlari turli darajada zarar ko‘rgan (Sardoba - 5 ming 359 ga, Mirzaobod – 5 ming 274 ga, Oqoltin 8 ming 723 ga). Jumladan, 7 623 gektar chigit ekilgan maydon (3 ming 621 ga qayta ekildi).

Ko‘rilgan zararni qoplash maqsadida viloyatning boshqa hududlarida jami 8 ming 424 gektar maydonda chigit, 447 gektar maydonga poliz va dukkakli ekinlar ekilgan.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top