22:36 / 13.10.2020
3821
Telegram messenjerining rasmiy saytida o‘zbek tili paydo bo‘ldi

Telegram messenjerining rasmiy sayti telegram.org’da o‘zbek tilini qo‘llash imkoniyati paydo bo‘ldi. 

Foto: RBK

Hozircha saytning bosh sahifasinigina o‘zbek tilida ko‘rish mumkin. Buning uchun sahifaning yuqori o‘ng burchagida joylashgan tillarni o‘zgartirish menyusida UZ’ni tanlash kerak. Shundan keyin sahifadagi ma'lumotlar o‘zbekchada taqdim etiladi.

Bundan tashqari, saytning o‘zbekcha versiyasiga brauzerning adreslar qatorida telegram.org/?setln=uz yozuvini kiritish bilan ham o‘tish mumkin.

Apreldan messenjerning o‘zida o‘zbek tiliga o‘tish imkoni paydo bo‘lgandi.

Top