13:45 / 13.10.2020
7467
Toshkent shahrida isitish mavsumi boshlanmoqda

Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan 15 oktabr kunidan poytaxtda isitish mavsumi boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga muvofiq, isitish mavsumiga o‘tish 2 bosqichda amalga oshiriladi:

  • Birinchi bosqichda – ijtimoiy soha obektlarida (maktabgacha ta'lim, xalq ta'limi va sog‘liqni saqlash muassasalarida);
  • Ikkinchi bosqichda – ko‘p qavatli uy-joylar va ma'muriy binolarda.

«Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasida 2020-2021 yillardagi isitish mavsumini boshlash masalasi deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Kengash qaroriga ko‘ra, 15 oktyabrdan Toshkent shahridagi ijtimoiy obektlarga, 17 oktyabrdan ko‘p qavatli xonadonlarga issiqlik ta'minoti yetkazib beriladi», deyiladi xabarda.

Top