19:17 / 14.10.2020
14626

Aliyev Qorabog‘da Armanistonga tegishli S-300 tizimlari yo‘q qilinganini aytdi

 Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, 200dan ortiq tank, ikkita S-300 tizimi yo‘q qilingan.

Foto: militaryarms.ru

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakat qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘dagi janglar davomida Armanistonga tegishli ikkita S-300 tizimini yo‘q qilganligini aytdi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, "Armaniston qurolli kuchlari og‘ir yo‘qotishga uchragan".

 "200dan ortiq tank, ikkita S-300 tizimi yo‘q qilindi, 33 tank o‘lja sifatida olindi", - dedi Aliyev.

Tog‘li Qorabog‘dagi qurolli to‘qnashuvlar 27 sentyabrda boshlandi. Ushbu hudud borasida 30 yildan buyon bahslashayotgan Armaniston va Ozarboyjon to‘qnashuvlar boshlanishida bir-birini ayblamoqda.

 Oradan ikki hafta o‘tgach, 9 oktabr kuni ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Moskvada muzokara o‘tkazdi.

 10 oktabr kuni sulh tuzilganligi e'lon qilindi, ammo tomonlar bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda ayblab kelmoqda.

Mavzu
Qorabog‘ urushi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top