16:44 / 14.10.2020
7728
EPSILON (EDC): Baholangan zaxiralari qariyb 17,2 mlrd kub. m gazni tashkil etgan Alouddin yangi gaz kondensati koni ochildi

Bugun, 14 oktabr kuni soat 8:30 da Alouddin-4 izlov qudug‘idan gazning sanoat darajasidagi oqimi olinishi o‘laroq Qashqadaryo viloyati, Kultak-Qamashi investitsiya hududida yana bir gaz koni ochildi.

Konning dastlabki baholangan zaxiralari 17,2 mlrd kub. m gaz va 1,072 mln tn gaz kondensatini tashkil etib, uning tuzilmasi hamda zaxiralarini yanada aniqlashtirish bo‘yicha ishlar esa davom ettirilmoqda.

15 oktabr kuni tonggi soat 4:00 da GRP amaliyotining 2-bosqichi yakunlangach, kompaniya quduq berayotgan kunlik gaz hajmi to‘g‘risida ma'lumot taqdim etadi. Barcha ishlar belgilangan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya mezonlariga muvofiq ravishda olib borilmoqda.

Ta'kidlash joizki, hozirda kompaniyaning moliyaviy muammolarga ro‘baro‘ bo‘lishi ortidan o‘z ishchi-xodimlariga ish haqi to‘lanishida kechikishlar saqlanib qolmoqda. Shunga qaramay, ish haqini qisman bo‘lsa-da uzish maqsadida, avvalo, ishchilar toifasiga kuniga 3 mln so‘mdan to‘lab berilmoqda. Yaqin orada mazkur masala hal etiladi.

Epsilon Matbuot xizmati

Top