08:28 / 15.10.2020
3902
ALFRAGANUS: savdo-dam olish maskanini tashkil qilish uchun tijorat ko‘chmas mulkining yangi formati

Jahonda yuz bergan pandemiya kundalik hayotiy jarayonlarimizga jiddiy o‘zgarishlar kiritdi. Bu ayniqsa, savdo va dam olish maskanlarini tashkil qilish yo‘nalishiga ham o‘z ta'sirini o‘tkazdi. Iste'molchilarning istaklari endi ochiq osmon ostidagi jamoat joylari formatiga qaratilmoqda.

Bizning Uylar Development kompaniyasining yangi konseptual loyihasi – ALFRAGANUS poytaxtda biznes makonini tashkil etishning yangi shaklini namoyon etadi. Bu keng ko‘chalar tarmog‘iga ega bo‘lgan savdo va sayr maydoni bo‘lib, unda bir va ikki qavatli tijorat binolari joylashadi.

Loyiha biznesni tashkil qilish uchun ko‘plab yechimlarini taklif etadi. Kafe va restoranlar, go‘zallik salonlari hamda spa-markazlar, dorixonalar, xizmat ko‘rsatish markazlari, kiyim-kechak, oyoq kiyim, kosmetika, parfyumeriya, suvenirlar, bolalar mahsulotlari, maishiy texnika, mini-banklar, aholiga turli xil xizmatlar savdosi – bularning barchasi hamda boshqa ko‘plab maskanlar ALFRAGANUS keng savdo maydonida tashkil etiladi.

Pandemiyadan avval ham, ko‘plab jahon ekspertlari dam olish va xarid qilish uchun jamoat joyi sifatida standart savdo markazlariga qiziqish pasayishini prognoz qilishgan edi. Bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish mumkin bo‘lgan ochiq savdo maydonlariga talab ortmoqda. Bu yerda siz biznes va dam olishni o‘zaro uyg‘unlashtira olasiz. Zamonaviy megapolislar aholisi duch keladigan shahar dinamik ritmi o‘rnini shinam ko‘chalar bo‘ylab sayr qilish zavqi egallaydi.

Xalqaro Savdo Kengashlarining hisobotida yuqorida aytib o‘tilgan standart dunyodagi eng mashhur savdo markazlari reytingida muhim o‘rin tutadi. Amerika, Yevropa, Janubi-G‘arbiy Osiyo, Yaqin Sharq – bu aholi zich joylashgan mamlakatlar, shuningdek, uzoq vaqt davomida savdo maydonchasi shakli rivojlanib kelgan mashhur sayyohlik yo‘nalishlari.

«Ko‘cha» formatidagi savdo maydonlariga City Walk (Dubay, BAA), Westgate (Oksford, Buyuk Britaniya), Ssamziegel (Seul, Janubiy Koreya), The Commons (Bankok, Tailand), Outlet Village «Belaya Dacha» (Oq dala hovli) (Moskva, Rossiya) va boshqalarni kiritish mumkin. ALFRAGANUS loyihasida savdo va dam olish joylari, sayr xiyobonlari, ovqatlanish, ko‘ngilochar va sportning faol turlari uchun maskanlar tashkillashtirish mo‘ljallagan. ALFRAGANUS poytaxtning barcha yosh va qiziqishdagilar uchun yangi savdo va ko‘ngilochar markaziga aylanishni maqsad qilgan. Bu yerda keksa avlod vakillari va yoshlar jamoasi, yosh oilalar hamda eng kichik tashrif buyuruvchilar uchun birdek qulaylik yaratiladi.

ALFRAGANUS – uchrashuv joyini o‘zgartirish mumkin emas!

Loyiha haqida batafsil ma'lumotlar quyidagi telefon raqamlarida: 71 210 44 44

Sayt: www.bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Top