21:22 / 15.10.2020
15520
Saudiya Arabistonida lochin rekord narxda sotildi

Saudiya Arabistonidagi auksionda lochin rekord narxda – 173 ming dollarga sotildi. Bu kelishuv podshohlikda har yil o‘tuvchi auksiondagi eng yirigi va Fors ko‘rfazi davlatlarida lochinlar savdosi tarixidagi eng qimmati bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Auksion Saudiya lochin klubi tomonidan tashkillashtiriladi. Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, 1,1 kg og‘irlikka ega sahro lochini - shaxin Saudiya Arabistonining shimolidagi Xafir-al-Batin viloyatida tutib olingan.   

Lochinlarning o‘rtacha narxi 30 ming dollarni tashkil qiladi. Joriy yilda auksion qishki lochin ovi mavsumi arafasida o‘kazilgan. Pandemiya sababli yozgi ov mavsumi esa bekor qilingan. 

Arabiston yarimorolida yashovchi arablar madaniy merosining bir qismi hisoblangan lochin ovi an'analari ming yillik tarixga ega. Ushbu qushlarga talab katta bo‘lgani sababli ular bilan faol tarzdad noqonuniy oldi-sotdi qilinadi: har yil podshohlikda 2,7 mlnga yaqin lochin ushlanadi yoki o‘ldiriladi. Shu sababli davlat lochinlar kelib chiqishi qonuniy ekani tasdig‘ini talab qilgan holda rasmiy auksionlar va musobaqalarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Joriy yilda lochin auksioni poytaxt Ar-Riyod yaqinida o‘tkazilmoqda. Savdolardan tushadigan pullar lochin ovini rivojlantirish va ommalashtirishga yo‘naltiriladi.

Top