15:44 / 15.10.2020
7330

Yevropa ittifoqi Navalniyning zaharlanishi ortidan 6 nafar rossiyalik amaldorga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov, RF prezidenti administratsiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko va yana 4 nafar rossiyalik mansabdor muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyning zaharlanishi ortidan Yevroittifoqning qora ro‘yxatiga tushdi. Bu haqda YeI kengashi qarorida aytilgan, deya xabar bermoqda TASS.

Foto: Reuters

Shuningdek, sanksiyaga tushganlar ro‘yxatiga Rossiya davlat organik kimyo va texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti ham kiritilgan. Ma'lum qilinishicha, Yevroittifoq tadbirkorlariga ushbu tashkilotni qo‘llab-quvvatlash taqiqlangan.

«Shaxsiy cheklov choralari Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov, Rossiya prezidenti administratsiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, prezident administratsiya ichki siyosat bo‘limi mudiri Andrey Yarin, mudofaa vazirining ikki nafar o‘rinbosari: Aleksey Krivoruchko va Pavel Popov hamda Rossiya prezidentining Sibir federal okrugidagi muxtor vakili Sergey Menyayloga nisbatan joriy qilindi» – deyiladi hujjatda.

Sanksiya joriy etilgan rossiyalik mansabdorlarga nisbatan Yevroittifoq hududiga kirishni taqiqlash hamda ularning Yevropa banklaridagi moliyaviy aktivlarini muzlatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Mavzuga oid
Top