07:47 / 16.10.2020
8116

AQShda iyuldan beri rekord sondagi kunlik kasallanish holatlari qayd etildi

AQShda 15 oktyabrda 62 mingdan ko‘proq yangi kasallanish holati qayd etildi. Ta'kidlanishicha, bu 31 iyuldan beri rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ayni vaqtda AQSh koronavirusdan kasallanganlar va undan o‘lim soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda 7,9 mlndan ko‘proq kasallanish, 217 mingdan ko‘proq o‘lim holati qayd etilgan. 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Fox Business telekanali efirida mamlakatda koronavirusning takroriy avj olishi holatida qat'iy cheklovlar qo‘llamasligini aytgan. “Biz iqtisodiyotni yopmaymiz. Bizda hammasi joyida”, deb aytgan Tramp va AQShda koronavirusga qarshi vaksina yil oxirigacha paydo bo‘lishini ta'kidlab o‘tgan. 

Top