21:38 / 16.10.2020
3421
AQShda robot-delfin ishlab chiqildi (video)

Amerikalik animatronik-muhandislar tashqi tomondan haqiqiy delfindan farqlash qiyin bo‘lgan robot-delfin ishlab chiqishdi. U suzadi, halqalar orqali sakraydi va akrobatik tryuklar bajaradi. 

Foto: Reuters

Arynews telekompaniyasining ma'lum qilishicha, robotni yaratish uchun tibbiy silikondan foydalanilgan. Robotni sirk tomoshalari va delfinariylarda qo‘llash mumkin. 

Robot-delfinning uzunligi 2,5 metrni, og‘irligi 250 kgni tashkil qiladi. U operator tomonidan radiokanal orqali boshqariladi. Robot Kaliforniyada sinovdan o‘tkazilgan va tutqunlikda ushlab turiluvchi delfinlar o‘rnini bosish uchun ishlab chiqilgan.

Edge Innovations bosh direktori Uolt Kontining ma'lum qilishicha, dunyo bo‘ylab delfinariylarda 3 mingga yaqin delfin tutqunlikda ushlanadi. Antiqa robot esa tirik hayvonlar bilan tomoshalar qo‘yish taqiqlangan sirk va bog‘larda qo‘llanishi mumkin.

Top