08:27 / 16.10.2020
3497
Boulevard biznes-markazi: ofis va tijorat joylari uchun zamonaviy va qulay yechimlar

Dream City kompaniyasi sizni tijorat ko‘chmas mulki sohasida xalqaro standartlarga javob beradigan makon egasiga aylanib, poytaxtdagi muvaffaqiyatli ishbilarmonlik muhitiga sho‘ng‘ishga taklif qiladi. Boulevard Business Center – bu tadbirkorlikning turli shakllari va sohalari uchun zamonaviy va qulay yechim.

Loyiha Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida joylashgan umumiy maydoni 4000 kvadrat metr bo‘lgan ikki qavatli bino. Obektning futuristik me'morligi uning biznes imidjini bildirib, to‘g‘ri geometrik shakl tezkorlik va dinamikaga ishora qiladi.

Biznes markazining birinchi qavati biznesning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalangan. Tijorat binolari uchun 111 dan 205 kvadrat metrgacha bo‘lgan 14 ta variant taqdim etiladi. Ularning har biri panoramali vitrina oynali va ko‘chadan alohida kirish joyi mavjud.

Ushbu joy zamonaviy butik, ko‘rgazma zali, savdo do‘koni, qahvaxona, restoran va boshqa ko‘p maskanlarni ochish uchun juda mos keladi. Shift balandligi 7 metrga yetadi, bu esa ish maydonini ikki qavatli qilishga imkon beradi. Umumiy ovqatlanish maskanlari egalariga shamollatish tizimi bilan jihozlangan variantlar taklif etiladi.

Ikkinchi qavat – bu ofislar uchun savdo maydoni. Bu yerdagi binolarning maydoni 75 dan 159 kvadrat metrgacha bo‘lib, shift balandligi esa 5,30 metrni tashkil qiladi. Kompaniyaning talab va ehtiyojlariga qarab, ish maydoni qat'iy loyihalangan yoki hozirgi kunda ommabop hisoblangan Open-space formatida qolishi mumkin. Biznes markazning barcha joylari toza ta'mirlangan holda sotuvga chiqariladi.

Ofis egalari va kompaniya xodimlari uchun yoqimli bonus ikkinchi qavatda ochiq terrasa mavjud. Bu yerda siz Boulevard shoping-avenyusi ajoyib manzarasidan bahra olib norasmiy uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishingiz yoki shunchaki kundalik shovqin, yumushlardan tanaffus qilishingiz mumkin.

Biznes markazi hududida qo‘riqlanadigan yer osti avtoturargohi mavjud. Bu esa markazga tashrif buyuruvchilar va ofis xodimlarini avtomobili uchun bo‘sh joy izlash tashvishidan xalos qiladi.

Boulevard biznes markazining Tashkent City XIM hududida joylashganligi har qanday korxonaning muvaffaqiyatini belgilaydi, kundalik tashrif buyuruvchi va xaridorlarning katta oqimini kafolatlaydi va joy egalarini kelajakda maqomini oshirishga yordam beradi.

Umumiy ma'lumot markazi: +99871 202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: www.dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top