12:20 / 16.10.2020
10597
Magic City – sizning biznesingiz uchun yangi makon!
Foto: Magic City

Toshkentning qoq markazida Markaziy Osiyoda tengi yo‘q bo‘lgan loyiha qurilmoqda. Butun oila uchun eng katta va mo‘jizaviy ko‘ngilochar va xarid qilish makoni, kattalar ham, bolalar ham aniq zerikmaydigan Magic City.

Umumiy maydoni 210 000 kv. metrdan ortiq bo‘lgan ushbu makon yiliga 365 kun davomida bayram va mo‘jizaga to‘la  bo‘ladi.

U o‘z ichiga yirik shahar va mamlakatlarning tematik ko‘chalarini mujassamlashtirib, tashrif buyuruvchilarga Toshkentdan chiqmasdan sayohat qilish imkoniyatini beradi.

Rim, Parij, Berlin, Barselona, Moskva, Misr, Praga, London, Venetsiya, Amsterdam va Vena 50 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha 40 dan ortiq kiyim-kechak, aksessuarlar, o‘yinchoqlar, kosmetika va parfyumeriya, kitoblar va 90 dan ortiq kafe, restoranlar va boshqa ovqatlanish nuqtalarini o‘zlarida birlashtiradilar.

Endi har bir tashrif buyuruvchi o‘zi uchun unutilmas bayram uyushtirishi, xuddi dunyoning eng mashhur shaharlaridagi kabi ko‘ngilochar o‘yinlardan va xaridlardan zavq olishi mumkin.  Buning uchun mo‘jizaviy Magic City’ga tashrif buyurib, “Parij”, “Rim” yoki “Moskva” kabi yozuvlari bo‘lgan ko‘rsatkichlarni topish kerak bo‘ladi, shunda har kim Toshkentning eng yaxshi butiklari, do‘konlari, kafe va restoranlari bo‘ylab aylanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar o‘z do‘koningizni ushbu shaharlardan birida ochishni orzu qilsangiz, Magic City jamoasi sizga mamnuniyat bilan yordam beradi va munosib joy topib beradi.

Har kuni tashrif buyuruvchilar musiqaviy favvora va uning atrofidagi shoudan zavqlanishlari, dam olish kunlari esa qal'a fonida chiroyli salyutni tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu hududda noyob ikki qavatli oilaviy ko‘ngilochar markaz barpo etilmoqda, unda 11 ta attraksion, o‘yin avtomatlari, bolalar uchun kasblar maktabi, bouling va ovqatlanish nuqtalari joylashadi. Binoning yonida oltita zalga ega lazerli kinoteatr quriladi.

Okeanarium – O‘zbekiston aholisi uchun yana bir noyob joy bo‘lib, u yerda 100 dan ortiq dengiz jonzotlari joylashtiriladi.

Bularning barchasi taxminiy tashriflar sonini aytishni imkonini beradi, bu kuniga 50 000 dan ortiq odamni tashkil qiladi.

Lekin bunda mo‘jizalar tugamaydi, chunki ikkinchi bosqichda attraksionlar sayilgohi va akvapark qurilib, ular yanada ko‘p adrenalin va yorqin hissiyotlarni taqdim etadi.

Hamkorlik va ijaraga oid savollar bo‘yicha quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 202 77 99

Reklama huquqi asosida

Top