17:53 / 16.10.2020
6243
Nikolya Sarkozi jinoiy guruh tuzishda ayblanmoqda

 Bu Sarkoziga nisbatan e'lon qilingan to‘rtinchi ayblovdir. U bundan tashqari, korrupsiya, davlat mablag‘larini talon-toroj qilish, noqonuniy topilgan pullarga egalik qilishda ayblangan.

Foto: EPA-EFE/JULIEN WARNAND

 Fransiyaning moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga nisbatan  uning 2007 yildagi saylov kampaniyasi Liviya tomonidan moliyalashtirilgani bo‘yicha ko‘rilayotgan ish doirasida ayblov e'lon qildi. Prokuratura xabariga ko‘ra, Sarkozi jinoiy guruh tuzishda ayblanmoqda.

 BFM telekanalining qayd etishicha, Fransiya tarixida ilk bor mamlakatning sobiq prezidentiga nisbatan ana shunday ayblov e'lon qilinmoqda.

Bu mazkur ish doirasida Sarkoziga nisbatan e'lon qilingan to‘rtinchi ayblovdir. U bundan tashqari, korrupsiya, davlat mablag‘larini talon-toroj qilish, noqonuniy topilgan pullarga egalik qilishda ayblangan.

 Sarkozi jinoiy guruh tuzish ayblovi moddasi bo‘yicha 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Frans Press agentligining ma'lumot berishicha, Sarkozi barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Liviya hukumati 2011 yilda Sarkoziga moliyaviy yordam berganligini ma'lum qilgandi. Xususan, Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Sayf al-Islom Euronews telekanaliga bergan intervyusida Fransiya prezidentidan Liviya hukumatidan mablag‘ olganligini tan olishni talab qilgandi. Shundan so‘ng jurnalistlar mustaqil tekshiruv o‘tkazib, bu ma'lumotni tasdiqlashgandi.

 Nikolya Sarkozining o‘zi barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda. U 2007-2012 yillarda Fransiyaga prezidentlik qilgan.

Top