20:24 / 17.10.2020
6063
Erdo‘g‘an Qora dengizda yangi gaz zaxiralari topilganini e'lon qildi

Turkiya prezidenti Anqara 2023 yilga kelib Qora dengizdagi yangi kondan gaz qazib olishni maqsad qilganini aytdi.

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qora dengizda tabiiy gazning yangi zaxiralari topilganini e'lon qildi. Bu haqda Onado‘lu agentligi xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi burg‘ulash ishlari Turkiyadagi eng yirik gaz koni tarixidagi ulkan gaz zaxiralari to‘g‘risida gapirish imkonini beradi.

 «Agarda shu yilning 21 avgustida Qora dengizda 320 mlrd kub metr gaz borligi haqida aytgan bo‘lsak, tadqiqotlar yangi konning tasdiqlangan zaxiralari hajmini yana 85 mlrd kub metrga, ya'ni 405 mlrd kub metrgacha oshirish imkonini berdi», - dedi Erdo‘g‘an.

Turkiya prezidenti Anqara 2023 yilga kelib Qora dengizdagi yangi kondan gaz qazib olishni maqsad qilganini aytdi.

U Turkiya Qora va O‘rta Yer dengizlarida geologik razvedka va burg‘ulash ishlarini davom ettirishini va'da qildi.

Top