17:15 / 17.10.2020
2342
Ilon Mask 2024 yilda Marsga raketa uchirishi mumkinligini aytdi

Mask kompaniyasi Starship raketasidan Oyga va Yerning istalgan nuqtasiga suborbital parvozlarda foydalanishni rejalashtirmoqda. SpaceX saytidagi ma'lumotga ko‘ra, raketa 100 tonnadan ortiq yuk va 100ga yaqin kishini tashishi mumkin.

Foto: AP Photo, Refugio Ruiz

SpaceX asoschisi Ilon Mask kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan Starship raketasi 2024 yilda Marsga parvoz qilishi mumkinligini ma'lum qildi. U bu haqda Mars Society Convention 2020 videoanjumanida aytdi.

 «O‘ylashimcha, Marsga parvoz uchun ikkinchi start oynasidan foydalanish uchun yaxshi imkoniyat bor», — dedi .

 Marsga parvoz uchun start oynasi (boshqa sayyoraga oz yonilg‘i sarflab parvoz qilish uchun qulay imkoniyat) har 26 oyda paydo bo‘ladi. 2020 Marsga AQSh, Xitoy va BAA missiyalarini jo‘natgandi, navbatdagi oyna 2022 yilda ochiladi.

 SpaceX Starship — hozirda kompaniyaning Janubiy Texasdagi korxonasida ishlab chiqilayotgan ko‘p marta foydalaniladigan raketa va kosmik kema. Mask kompaniyasi ushbu raketadan Oyga va Yerning istalgan nuqtasiga suborbital parvozlarda foydalanishni rejalashtirmoqda. SpaceX saytidagi ma'lumotga ko‘ra, raketa 100 tonnadan ortiq yuk va 100ga yaqin kishini tashishi mumkin.

 SpaceX kemasi may oyida Xalqaro kosmik stansiyaga astronavtlarni olib chiqqandi. 

 

Top