22:12 / 17.10.2020
5649
Putin va Saudiya valiahd shahzodasi OPEK+ kelishuvlari va koronavirusni muhokama qildi

Ikki davlat rahbarlari Saudiya Arabistonida Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasidan foydalanish istiqbollarini muhokama qildi.

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon energetika bozorlari va OPEK+ guruhining kelishuvlarini amalga oshirishni muhokama qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

«Har ikki tomon global energiya bozorida barqarorlikni saqlash uchun ushbu sohada izchil muvofiqlashtiruv ishlarini davom ettirishga tayyorligini yana bir bor ta'kidladi», - deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, ikki davlat rahbarlari koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik va Saudiya Arabistonida Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasidan foydalanish istiqbollarini muhokama qildi.

Top