11:42 / 17.10.2020
11506
Qrim Erdo‘g‘anning yarimorol hududiy maqomi to‘g‘risidagi bayonotiga izoh berdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Qrimni Rossiya hududi deb tan olishdan bosh tortishi siyosiy mantiqning yo‘qligi namunasidir. Bu haqda Qrimning Rossiya prezidenti huzuridagi doimiy vakili, Qrim hukumati bosh vazirining o‘rinbosari Georgiy Muradov ma'lum qildi, deb yozmoqda «RIA Novosti».

Foto: RIA Novosti

«Anqara aslida o‘z manfaatlari yo‘lida yarimoroldagi qrim-tatarlarni qo‘llab-quvvatlashni rad etmoqda, bu hozirgi Turkiya rasmiylari tomonidan realizm va mintaqada unga oid istiqbolli siyosiy ko‘rsatmalar yo‘qolganidan dalolat beradi», - deya fikr bildirgan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qrim-tatarlar Rossiya tarkibiga qo‘shilganidan keyin Ukraina tomonidan mahrum qilingan davlat tiliga qaytadan ega bo‘lishgan. 

«Hozirda qrim-tatarlar Kiyev tomonidan ruxsat berilmagan masjidga qonuniy egalik qilishmoqda va uzoq vaqt kurashib kelgan ekstremistik millatchi guruhlardan to‘liq himoyalangan», - deyiladi xabarda. 

Shuningdek, Muradov Qrim Rossiyadagi o‘zining tarixiy vataniga qaytish yo‘li bilan beqiyos tanlovni amalga oshirganini ta'kidlagan.

Avvalroq, Erdo‘g‘an Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida Anqara Qrimni Rossiya mintaqasi sifatida tan olmasligini va Kiyev bilan birga Qrim tatarlarini qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanligini aytgandi.

Top