19:56 / 18.10.2020
17705
Masjidul-harom karantindan so‘ng qayta ochildi

Masjidda hozircha Saudiya Arabistoni fuqarolari va qirollikda yashovchilar ibodat qilishlari mumkin. 

Foto: AFP

Saudiya Arabistonida ibodat qiluvchilar uchun mamlakatdagi asosiy va dunyodagi eng yirik al-Harom masjidi ochildi. Bu haqda Livanning The Daily Star nashri xabar bermoqda.

Yetti oydan buyon ilk bor masjidda ibodat qilishga ruxsat berildi – masjid bu vaqt davomida koronavirus pandemiyasi sababli karantinga yopilgandi. 

 Xabarda qayd etilishicha, masjidda hozircha Saudiya Arabistoni fuqarolari va qirollikda yashovchilar ibodat qilishlari mumkin. 

 Saudiya Arabistonida avvalroq cheklovlar yengillashtirilib, mahalliy aholiga Umra ziyorati uchun ruxsat berilgandi.

Aprel oyida Saudiya Arabistoni qirollik oilasining 150dan ortiq a'zolari koronavirus yuqtirgani xabar qilingandi. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 340 mingdan ortiq kishi kasallikka chalingan, ulardan 5,1 ming nafari vafot etgan.

Top