02:52 / 18.10.2020
6393

Tailandda uch kundan buyon hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Demokratik qarshilik harakati 2014 yildagi harbiy davlat to‘ntarishidan so‘ng rahbarlikni qo‘liga olgan Prayut Chan-Ocha boshchiligidagi hukumatning iste'fosini talab qilmoqda.

Foto: Getty Images

Tailandda hukumatning yig‘ilishlar o‘tkazishga qo‘ygan taqiqiga qaramasdan minglab namoyishchilar ko‘chalarga chiqishdi. AFP agentligining xabar berishicha, hukumat tomonidan qarshilik bo‘lishining oldini olish maqsadida aksiya o‘tkaziladigan joy u boshlanishiga bir soat qolganida ma'lum qilindi.

Dpa agentligining ma'lumotiga ko‘ra, Bangkok ko‘chalariga 23 mingdan ortiq kishi chiqqan. Politsiya 16 oktabr kuni namoyishchilarga qarshi suv purkaydigan texnika va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangani uchun aksariyat namoyishchilar kaska va protivogazlarda chiqishdi.

Demokratik qarshilik harakati 2014 yildagi harbiy davlat to‘ntarishidan so‘ng rahbarlikni qo‘liga olgan Prayut Chan-Ocha boshchiligidagi hukumatning iste'fosini talab qilmoqda. Namoyishchilar shuningdek, demokratik harakat faollarining hibsga olinganiga norozilik bildirmoqda.

Tailand bir necha o‘n yillardan beri siyosiy barqarorlik nima ekanini bilmay kelmoqda. Bir tarafda konservativ hukumat va qirol oilasi, ikkinchi tarafda esa demokratiya tarafdorlari bir-birlari bilan kurash olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top