14:12 / 19.10.2020
5393
Afg‘onistonda terakt sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Hozircha hech qaysi terrorchilik tashkiloti portlashga aloqador ekanligini ta'kidlamagan. Ammo, Gor viloyati gubernatorligi hujumda «Tolibon» harakatini ayblagan.

Foto: Reuters

Afg‘onistonda mamlakatning markaziy qismidagi Gor shahrida mahalliy politsiya idorasi yaqinida bomba yuklangan avtomobil portlab, kamida 14 kishi halok bo‘ldi va 119 kishi jarohat oldi. 

Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning barchasi tinch aholi vakillari bo‘lib, yaradorlar orasida xavfsizlik xizmatining 35 xodimi bor.

Hujum Qatar poytaxti Dohada Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida tinchlik muzokaralari bo‘lib o‘tadigan kuni amalga oshirilgan. Terrorchi tashkilotlar ushbu hujum uchun javobgarlikni hali o‘z zimmasiga olmadi. Viloyat hokimligi ma'muriyati esa «Tolibon»dan gumon qilmoqda.

Avvalroq, Afg‘onistonda ikkita qo‘lbola bombaning portlashi natijasida sakkiz nafar fuqaro halok bo‘lgani va yana 25 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi. 

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi kontingentini 2020 yil oxiriga qadar 2,5 ming askarga qisqartirishi xabar qilingan.

Top