12:44 / 19.10.2020
10348

BAA delegatsiyasi Al-Aqso masjididan chiqarib yuborildi

Falastinliklar Al-Aqso masjidiga Isroil politsiyasi himoyasi ostida kirgan BAA delegatsiyasini masjiddan chiqarib yuborgan.

Foto: AA

Falastinning Vadi Xilva nomidagi axborot markazi tomonidan Facebook'da tegishli suratlar joylashtirilgan. Aytilishicha, Isroil politsiyasi hamrohligida Al-Aqsoga kirgan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) delegatsiyasini falastinliklar munosabatlarni yaxshilash tarafdori bo‘lganlikda ayblab, ular bilan muomala qilmasliklarini aytgan va Al-Aqsodan zudlik bilan chiqib ketishlarini so‘ragan.

Qayd etilishicha, BAA delegatsiyasi Al-Aqso masjidini tark etishga majbur bo‘lgan.

O‘tgan hafta Ummondan kelgani aytilgan delegatsiya Isroil politsiyasi himoyasi ostida Al-Aqsoga tashrif buyurgan. Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan kelgan delegatsiyalar Isroil xavfsizlik kuchlari nazorati ostida Aqsoga kirishlari diqqatga sazovor holat sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 15 sentabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimda Isroil, BAA va Bahrayn o‘rtasida munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha shartnomalar imzolangan edi.

Mavzuga oid
Top