17:13 / 19.10.2020
23596

O‘zbekistonda havo haroratining asta-sekin pasayib borishi kutilmoqda

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududiga quruq va issiq havo massasi ta'sir etishi kuzatiladi. Respublikada kam bulutli ob-havo davom etadi, kunduzi havo harorati 24-27 darajagacha ko‘tariladi, bu esa shu kunlarning iqlimiy me'yoridan 4-5 darajaga yuqori.

21 oktabr kuni respublikaning shimoliy hududlari orqali G‘arbiy Qozog‘iston hamda Volgabo‘yi ustida vujudga kelgan sovuq va nisbatan nam havo massasi kirib keladi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida bulutlar ko‘payadi, kechqurun esa shamolning tezligi 15-20 m/s.gacha esib, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan qismida quruq, kam bulutli ob-havo kutilmoqda.

22-23-oktabr kunlari salqin havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Respublikaning barcha hududlarida bulut qoplami ortishi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland joylarda esa yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Respublikaning ayrim viloyatlarida shamolning tezligi 15-20 m/s.ga yetishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va kechasi 3-8 daraja iliqni, shimolda 0-3 darajagacha sovuq va kunduzi 13-18 darajani issiqni hosil qiladi, bu esa shu kunlar uchun harorat me'yorlaridan 3-5 darajaga past bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top